Joriy yilning 4- dekabr kuni Navoiy viloyati statistika boshqarmasida O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Mamlakatda davlat tilida ish yuritishni samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarorining mazmun-mohiyati va ahamiyatni keng tushuntirish yuzasidan tadbir tashkil etildi.

nbk-1

Tadbirda Raisning ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to`g`risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo`yicha maslahatchisi Ahmedov Qiyomxon Elyosxonovich so`zga chiqib, qaror yuzasidan batafsil tushuntirish berib, davlat tilida ish yuritilishi bo`yicha tegishli taklif va tavsiyalar berdi.

nbk-2

Shuningdek, boshqarmaning buyruq, qaror hamda xatlari, umuman davlat tilida ish yuritishni samarali tashkil qilish nazorati bo’yicha boshqarmada xodim biriktirilishi va uning vazifalari alohida tushuntirildi.

nbk-3

Amaliy ahamiyatga ega bo’lgan mazkur seminarda davlat tilida ish yuritilishi qoidalari bo`yicha xodimlar tomonidan berilgan savollarga batafsil javoblar berildi.

Axborot xizmati