Joriy yilning 7- dekabr kuni Davlat statistika qo`mitasida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 28 yilligi munosabati bilan “Konstitutsiya – bosh qomusimiz” mavzusida uchrashuv bo`lib o`tdi.
Unda qo`mita rahbariyati va Markaziy apparat xodimlari hamda Toshkent davlat yuridik universiteti Davlat va huquq nazariyasi kafedrasi professori, yuridik fanlar doktori Muxitdinova Feruza Abdurashidovna ishtirok etdi. Mazkur tadbirni Davlat statistika qo`mitasi Raisi o`rinbosari Ziyayev Zoxidjan Muratovich ochib berib, mamlakatimiz Konstitutsiyasining yaratilish tarixi, uning maqsad-mazmuni borasida so’z yuritdi.

Uchrashuvda F. Muxitdinova tadbir ishtrikochlariga konstitutsiyamizning yaratilish tarixi, mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi o’rni va ahamiyati, shuningdek konstitutsiyaga oid qo’shimcha qizaqarli ma’lumotlar to’g’risida axborot berdi.
Shuningdek, F. Muxitdinova konstitutsiyadagi har bir moddaning mazmun-mohiyati inson manfaatlariga xizmat qilishini hamda konstitutsiyaning tuzishda xorijiy tajribadan foydalanishda ham milliy mentalitet va urf-odalarimizga tayinilganiga alohida sharx berdi.
Axborot xizmati



