Milliy statistika qo‘mitasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil yanvar–iyun oylarida O‘zbekiston yalpi ichki mahsuloti hajmi joriy narxlarda 1 072,7 trln so‘mni tashkil etdi.
YAIM hajmi 2025-yilning mos davriga nisbatan real hisobda 8,5 foizga o‘sgan.
Iqtisodiy o‘sishda tarmoqlarning yalpi qo‘shilgan qiymati hissasi 8,1 foiz punktni, mahsulotlarga sof soliqlar hissasi esa 0,4 foiz punktni tashkil etdi.
YAIM hajmining yillar kesimidagi dinamikasi (yanvar–iyun):
2022-yil — 441,5 trln so‘m
2023-yil — 527,7 trln so‘m
2024-yil — 670,1 trln so‘m
2025-yil — 900,7 trln so‘m
2026-yil — 1 072,7 trln so‘m.



