2020- yilning 9 oy yakunlariga ko'ra, savdo (avtotransport vositalarini ta’mirlashni qo`shgan holda) tarmog`ining O’zbekiston Respublikasi YaIMdagi ulushi 7,3 % ni tashkil etdi.
Savdo (avtotransport vositalarini ta`mirlashni qo`shgan holda) tarmog`ining yalpi qo`shilgan qiymati tarkibida eng katta ulush chakana savdo (avtotransport vositalari savdosidan tashqari) ga to`g`ri keldi va 67,9 % (2019- yilning yanvar-sentabrida - 66,7 %) ga yetdi. Ulgurji savdo (avtotransport vositalari savdosidan tashqari) ning ulushi 26,0 % (2019- yilning yanvar-sentabrida - 26,7 %) ni, avtotransport vositalarining ulgurji va chakana savdosi hamda ularni ta`mirlashning ulushi 6,1 % (2019- yilning yanvar-sentabrida - 6,6 %) ni tashkil qildi.
Axborot xizmati


