Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2026-yilning yanvar-iyun oylarida Oʻzbekistonda savdo xizmatlari hajmi qariyb 170 trln soʻmni tashkil etgan.

Bu koʻrsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 14,9 foizga oshgan.

Hududlar kesimida savdo xizmatlari hajmi quyidagicha:

Toshkent shahri — 71,8 trln soʻm;

Toshkent viloyati — 14,8 trln soʻm;

Fargʻona viloyati — 12,1 trln soʻm;

Samarqand viloyati — 11,3 trln soʻm;

Namangan viloyati — 9,1 trln soʻm;

Andijon viloyati — 9,1 trln soʻm;

Buxoro viloyati — 7,4 trln soʻm;

Qashqadaryo viloyati — 7 trln soʻm;

Surxondaryo viloyati — 6,5 trln soʻm;

Xorazm viloyati — 5,2 trln soʻm;

Qoraqalpogʻiston Respublikasi — 4,8 trln soʻm;

Jizzax viloyati — 4 trln soʻm;

Navoiy viloyati — 4 trln soʻm;

Sirdaryo viloyati — 2,6 trln soʻm.

p