Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2026 yilning yanvar–iyun oylarida Oʻzbekistonda 44 226 ta yangi tadbirkorlik subyekti tashkil etilgan.

Bu koʻrsatkich 2025 yilning mos davriga nisbatan 3 810 taga yoki 9,4 foizga oshgan.

Hududlar kesimida yangi tashkil etilgan tadbirkorlik subyektlari soni:

Toshkent shahri — 9 626 ta;

Toshkent viloyati — 4 593 ta;

Xorazm viloyati — 3 963 ta;

Samarqand viloyati — 3 581 ta;

Fargʻona viloyati — 3 208 ta;

Qashqadaryo viloyati — 2 783 ta;

Jizzax viloyati — 2 458 ta;

Surxondaryo viloyati — 2 442 ta;

Andijon viloyati — 2 413 ta;

Buxoro viloyati — 2 305 ta;

Namangan viloyati — 2 276 ta;

Qoraqalpogʻiston Respublikasi — 1 964 ta;

Navoiy viloyati — 1 462 ta;

Sirdaryo viloyati — 1 152 ta.

mxxmq0ff8htspsj2jtcqyhy0slrwfce-_p33705