Joriy yilning 9- dekabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasida O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Mamlakatda davlat tilida ish yuritishni samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarorining mazmun-mohiyati va ahamiyatni keng tushuntirish yuzasidan tadbir tashkil etildi.

1till

Tadbirda Raisning ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to`g`risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo`yicha maslahatchisi Ahmedov Qiyomxon Elyosxonovich so`zga chiqib, qaror yuzasidan batafsil tushuntirish berib, davlat tilida ish yuritilishi bo`yicha tegishli taklif va tavsiyalar berdi.

2til

Shuningdek, boshqarmaning buyruq, qaror hamda xatlari, umuman davlat tilida ish yuritishni samarali tashkil qilish nazorati bo’yicha boshqarmada xodim biriktirilishi va uning vazifalari alohida tushuntirildi.

3till

Amaliy ahamiyatga ega bo’lgan mazkur seminarda davlat tilida ish yuritilishi qoidalari bo`yicha xodimlar tomonidan berilgan savollarga batafsil javoblar berildi.

Axborot xizmati