Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2026-yilning yanvar–iyun oylarida Oʻzbekistonda koʻrsatilgan bozor xizmatlari hajmi 664,9 trln soʻmni tashkil etgan.

Bu koʻrsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 16,9 foizga oshgan.

Xizmat turlari boʻyicha oʻsish surʼatlari:

moliyaviy xizmatlar — 126,3 foiz;

meʼmorchilik, muhandislik izlanishlari, texnik sinovlar va tahlil sohasidagi xizmatlar — 124,6 foiz;

taʼlim sohasidagi xizmatlar — 122,7 foiz;

aloqa va axborotlashtirish xizmatlari — 122,1 foiz;

koʻchmas mulk bilan bogʻliq xizmatlar — 118,3 foiz;

sogʻliqni saqlash sohasidagi xizmatlar — 116,8 foiz;

savdo xizmatlari — 114,9 foiz;

transport xizmatlari — 114,7 foiz;

shaxsiy xizmatlar — 114,2 foiz;

yashash va ovqatlanish xizmatlari — 111,6 foiz;

kompyuterlar va maishiy tovarlarni taʼmirlash boʻyicha xizmatlar — 111,4 foiz;

ijara xizmatlari — 107,4 foiz;

boshqa xizmatlar — 116,3 foiz.

x