Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2026-yilning 1-iyul holatiga Oʻzbekistonda 34 ta maxsus iqtisodiy zona, 400 ta kichik sanoat zonalari, 27 ta texnopark, 354 ta klaster hamda 163 ta yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari faoliyat yuritmoqda.
Ularning tarkibidagi korxonalar soni quyidagicha:
texnoparklarda — 4 302 ta;
kichik sanoat zonalarida — 3 187 ta;
yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalarida — 1 289 ta;
maxsus iqtisodiy zonalarda — 1 167 ta;
klasterlarda — 384 ta.



