Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2026-yilning yanvar-iyul oylarida 4,4 mln nafar Oʻzbekiston fuqarolari turistik maqsadlarda chet elga safar qilgan.
Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 45,6 ming nafarga oshgan.
Mazkur davrda Oʻzbekiston fuqarolari eng koʻp borgan TOP-10 davlat:
Qirgʻiz Respublikasi — 1 981 542 nafar;
Qozogʻiston — 805 437 nafar;
Tojikiston — 744 974 nafar;
Rossiya — 222 605 nafar;
Saudiya Arabistoni — 167 337 nafar;
Turkiya — 166 893 nafar;
BAA — 47 020 nafar;
Xitoy — 43 581 nafar;
Misr — 32 470 nafar;
Vyetnam — 28 224 nafar.



