11/12/2020

Davlat statistika qo‘mitasining ma‘lumotlariga ko‘ra, 2020- yilning 9 oyi davomida FHDYO organlarida 614,7 ming nafar tug‘ilganlik (tirik tug‘ilgan) holatlari qayd etildi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 24,9 ming nafarga ko‘p.

Tug‘ilganlik holatlari hududlar bo‘yicha tahlil qilinganda, eng ko‘p tug‘ilishlar soni Samarqand viloyatida (74,4 ming nafar), eng kami esa Sirdaryo viloyatida (15,6 ming nafar) qayd etildi.

11122020

Ushbu ko‘rsatkich aholi soniga nisbatan tahlil qilinganda, Surxondaryo viloyatida eng ko‘p, ya‘ni har ming nafar aholiga 28 nafar chaqaloq to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, Qoraqalpog‘iston Respublikasida eng kam, ya‘ni har ming nafar aholiga 20 nafar chaqaloq to‘g‘ri kelgani kuzatildi.

Axborot xizmati

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech