11/12/2020

Joriy yilning 10- dekabr kuni Davlat statistika qo’mitasi xodimlari Birlashgan Arab Amirliklari tomonidan tashkillashtirilgan davlat boshqaruvi sohasiga doir dolzarb mavzularga bag’ishlangan onlayn treninglarda qatnashdi.

UAE1

UAE2

Maxsus va umumiy yo’nalishlarda tashkillashtirilayotgan mazkur treninglar vazirlik va idoralar xodimlarining boshqaruv yo’nalishi bo’yicha malakasini oshirishga qaratilgan bo’lib, pandemiya sharoitini inobatga olgan holda onlayn tashkil qilinmoqda.

UAE3

Treninglarda Statistika hisobotlarni raqamlashtirish va vazifalarni dasturlashtirish bo'limi boshlig’i Zaytsev Chingiz va Ro'yxatga olish metodologiyasi va kartografik hujjatlar bilan ishlash bo'limi boshlig’i o’rinbosari Jamshid Eshniyazov qatnashmoqda.

Axborot xizmati

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech