Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2026-yil 1-avgust holatiga Oʻzbekistonda 601,3 mingta korxona va tashkilotlar faoliyat yuritmoqda.
Ularning iqtisodiy faoliyat turlari boʻyicha soni quyidagicha:
Savdo — 164 481 ta;
Qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi — 131 925 ta;
Sanoat — 63 861 ta;
Yashash va ovqatlanish boʻyicha xizmatlar — 33 966 ta;
Qurilish — 33 163 ta;
Tashish va saqlash — 18 894 ta;
Sogʻliqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish — 15 341 ta;
Axborot va aloqa — 13 705 ta;
Boshqa turlar — 125 940 ta.



