Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2026-yilning yanvar–iyun oylarida Oʻzbekistonga xorijiy davlatlardan 1 649 kishi doimiy yashash maqsadida koʻchib kelgan.
Bu koʻrsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 976 nafarga yoki 2,5 barobarga oshgan.
Xorijdan doimiy yashash uchun koʻchib kelganlarning asosiy qismi quyidagi davlatlar hissasiga toʻgʻri kelgan:
Rossiya — 580 nafar
Qozogʻiston — 362 nafar
Tojikiston — 147 nafar
boshqa davlatlar — 560 nafar
Hududlar kesimida xorijdan koʻchib kelganlar soni:
Toshkent shahriga — 1 089 nafar;
Toshkent viloyatiga — 269 nafar;
Qoraqalpogʻiston Respublikasiga — 115 nafar;
Navoiy viloyatiga — 31 nafar;
Samarqand viloyatiga — 22 nafar;
Xorazm viloyatiga — 21 nafar;
Surxondaryo viloyatiga — 18 nafar;
Sirdaryo viloyatiga — 15 nafar;
Fargʻona viloyatiga — 15 nafar;
Buxoro viloyatiga — 13 nafar;
Namangan viloyatiga — 13 nafar;
Jizzax viloyatiga — 12 nafar;
Andijon viloyatiga — 11 nafar;
Qashqadaryo viloyatiga — 5 nafar.


