Milliy statistika qoʻmitasi jamoasi barcha yurtdoshlarimizni eng ulugʻ, eng aziz bayram — Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan samimiy muborakbod etadi!

Oʻtgan davr mobaynida mamlakatimiz koʻplab sohalarda ulkan yutuqlarga erishib, xalqimizning farovon hayotini taʼminlash yoʻlida muhim islohotlarni amalga oshirib kelmoqda. Mustaqillik bizga oʻz yoʻlimizni tanlash, milliy qadriyat va anʼanalarimizni asrab-avaylash, yurtimiz ravnaqini taʼminlashdek ulkan imkoniyatlarni berdi.

Aziz yurtdoshlar! Sizlarni tinch va osoyishta hayotimizning mustahkam poydevori boʻlgan bu qutlugʻ ayyom bilan muborakbod etib, barcha ishlaringizda ulkan muvaffaqiyatlar, oilalaringizga fayz-u baraka, yurtimizga esa tinchlik va taraqqiyot tilaymiz.

Mustaqilligimiz abadiy boʻlsin!

m