14/12/2020

2020 yilning 12- dekabr kuni   Buxoro viloyati statistika boshqarmasida O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 20- yanvardagi “Mamlakatda davlat tilida ish yuritishni samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to`g`risida”gi 34- sonli qarorining mazmun-mohiyati va ahamiyatini keng tushuntirish yuzasidan tadbir tashkil etildi.

til1141220

Tadbirda Davlat statistika qo’mitasi raisining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to`g`risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo`yicha maslahatchisi Ahmedov Qiyomxon Elyosxonovich so`zga chiqdi va qaror yuzasidan batafsil tushuntirish berib, davlat tilida ish yuritilishi bo`yicha tegishli taklif va tavsiyalar berdi.

til1141220

Shuningdek, boshqarmaning barcha turdagi buyruq, qaror hamda xatlari va boshqa hujjatlarni tayyorlash jarayonida davlat tilida ish yuritishni samarali tashkil qilish,ushbu masalalarning nazorati bo’yicha boshqarmadan biriktirilishi  lozim bo’lgan xodimning vazifalari alohida tushuntirildi. Me’yoriy hujjatlarni tayyorlashda muhim ahamiyatga ega bo’lgan qo’llanmalardan foydalanish ga doir ko’rsatma va tavsiyalar berildi.

til1141220

Amaliy ahamiyatga ega bo’lgan mazkur seminarda davlat tilida ish yuritilishi qoidalari bo`yicha xodimlar tomonidan berilgan savollarga batafsil javoblar berildi.

Axborot xizmati

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech