Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar-iyul oylarida O‘zbekistonda aloqa va axborotlashtirish xizmatlari hajmi 61,6 trln so‘mni tashkil etdi.

Bu ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 12 foizga oshgan.

Aloqa va axborotlashtirish xizmatlarining turlari bo‘yicha hajmi quyidagicha:

Kompyuter dasturlashtirish xizmatlari — 29,9 trln so‘m;

Telekommunikatsiya xizmatlari — 16,5 trln so‘m;

Axborot sohasidagi xizmatlar — 10,3 trln so‘m;

Boshqa xizmatlar — 5 trln so‘m.

photo_2026-09-04_16-20-41_p85917