Milliy statistika qo‘mitasining uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilda O‘zbekistonda kompyuterdan foydalanuvchi 10 yosh va undan katta aholi ulushi 62,1 foizni tashkil etgan.
Bu ko‘rsatkich 2017-yilga nisbatan 13 foiz punktga oshgan.
Yillar kesimida:
2017-yil — 49,1 %;
2018-yil — 49,7 %;
2019-yil — 49,8 %;
2020-yil — 52,5 %;
2021-yil — 58,2 %;
2022-yil — 58,8 %;
2023-yil — 59,2 %;
2024-yil — 60,4 %;
2025-yil — 62,1 %.


