Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2026-yilning yanvar–iyul oylarida Oʻzbekistonda 3,5 trln soʻmlik asosiy farmatsevtika mahsulotlari va preparatlari ishlab chiqarilgan.

Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 20,7 foizga oshgan.

Hududlar kesimida ishlab chiqarish hajmi quyidagicha:

Toshkent shahri — 2,1 trln soʻm;

Sirdaryo viloyati — 529 mlrd soʻm;

Toshkent viloyati — 286,4 mlrd soʻm;

Namangan viloyati — 214,2 mlrd soʻm;

Samarqand viloyati — 143,1 mlrd soʻm;

Andijon viloyati — 83,6 mlrd soʻm;

Fargʻona viloyati — 63,5 mlrd soʻm;

Surxondaryo viloyati — 53,7 mlrd soʻm;

Xorazm viloyati — 20,6 mlrd soʻm;

Qashqadaryo viloyati — 17,4 mlrd soʻm;

Buxoro viloyati — 9,4 mlrd soʻm;

Qoraqalpogʻiston Respublikasi — 3,5 mlrd soʻm;

Navoiy viloyati — 0,2 mlrd soʻm;

Jizzax viloyati — 0,1 mlrd soʻm. 

0a51c91fdf43fa521e5107bb28222acd_p37632