Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2026-yilning yanvar–iyun oylarida qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi sohasida asosiy kapitalga 26 trln soʻmlik xorijiy investitsiya va kreditlar oʻzlashtirilgan.
Mazkur sohaga toʻgʻri kelgan xorijiy investitsiya va kreditlar respublika boʻyicha oʻzlashtirilgan jami xorijiy investitsiya va kreditlarning 10 foizini tashkil etgan.
Ushbu koʻrsatkichning yillar kesimidagi dinamikasi (yanvar–iyun):
2022-yil — 3,0 trln soʻm;
2023-yil — 2,4 trln soʻm;
2024-yil — 6,1 trln soʻm;
2025-yil — 16,9 trln soʻm;
2026-yil — 26,0 trln soʻm.


