Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2026-yilning yanvar–iyul oylarida Oʻzbekistonda 795,4 trln soʻmlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan.

Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 7,9 foizga oshgan.

Hududlar kesimida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi:

Navoiy viloyati — 182,7 trln soʻm;

Toshkent shahri — 135,4 trln soʻm;

Toshkent viloyati — 124,8 trln soʻm;

Andijon viloyati — 64,6 trln soʻm;

Samarqand viloyati — 43,4 trln soʻm;

Fargʻona viloyati — 39,2 trln soʻm;

Qashqadaryo viloyati — 33,8 trln soʻm;

Buxoro viloyati — 32,4 trln soʻm;

Namangan viloyati — 28,3 trln soʻm;

Jizzax viloyati — 26 trln soʻm;

Xorazm viloyati — 23,4 trln soʻm;

Qoraqalpogʻiston Respublikasi — 19,7 trln soʻm;

Sirdaryo viloyati — 17,9 trln soʻm;

Surxondaryo viloyati — 15,1 trln soʻm.

photo_2026-08-13_14-30-26_p17579