14/12/2020

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020- yil 30- oktabrdagi "Sog'lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-6099-son Farmonining ijrosi bo‘yicha barcha ishchi-xodimlar o‘rtasida sog'lom turmush tarzini keng tatbiq qilish yuzasidan turli sport musobaqalari tashkil etilmoqda.

sport1

Davlat statistika qo‘mitasi jamoasi ham sog'lom turmush tarziga amal qilish maqsadida har hafta mini-futbol bo‘yicha o‘yinlar o‘tkazmoqda.

sport2

Maxsus sport majmualarida muntazam tashkil qilinayotgan o‘yinlarda qo‘mita rahbariyati boshchiligida xodimlar jamoalarga bo‘lingan holda futbol o’ynashmoqda.

sport3

Do‘stona tarzda tashkil etilayotgan bunday sport o‘yinlarini o‘tkazishdan maqsad sog'lom turmush tarzini keng targ‘ib qilishdir.

sport4

Shuningdek, Davlat statistika qo‘mitasi xodimlari qo‘mitadagi sport zalida badminton, voleybol, basketbol, stol tennisi hamda boshqa jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanib, jismonan chiniqmoqda.

 

Axborot xizmati

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech