2020-yil 30- oktabrda davlatimiz rahbarining "Sog'lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi farmoni qabul qilindi.
Mazkur farmon ijrosini ta'minlash, xodimlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish maqsadida davlat idora va tashkilotlari tomonidan turli sport tadbirlari tashkil etilmoqda.
Buxoro viloyati hokimligi tomonidan tashkil etilgan “Viloyat hokimi kubogi” sport musobaqasida mini-futbol, voleybol, badminton, stol tennisi, armrestling kabi sport turlari bo‘yicha 600 nafarga yaqin ishchi-xodim o‘zaro bellashishdi.
Do‘stona tarzda tashkil etilayotgan bunday sport o‘yinlarini o‘tkazishdan maqsad sog'lom turmush tarzini keng targ‘ib qilishdir. Buxoro viloyati statistika boshqarmasi xodimlaridan iborat futbol jamoasi ishonchli o‘yin ko‘rsatib, faxrli uchinchi o‘rinni egalladi.
“Viloyat hokimi kubogi” g‘olib va sovrindorlarini Buxoro viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Botir Zaripov kubok hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirladi.
Axborot xizmati






