Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–iyul oylarida O‘zbekistonda yashash va ovqatlanish xizmatlari hajmi 149,7 trln so‘mni tashkil etdi.

Bu ko‘rsatkich 2025-yilning mos davri bilan solishtirilganda 15 foizga o‘sgan.

Mazkur turdagi xizmatlarning hududlar kesimidagi hajmi quyidagicha:

Toshkent shahri — 25,9 trln so‘m;

Samarqand viloyati — 17,7 trln so‘m;

Namangan viloyati — 15,7 trln so‘m;

Farg‘ona viloyati — 14,6 trln so‘m;

Qashqadaryo viloyati — 13 trln so‘m;

Toshkent viloyati — 10,8 trln so‘m;

Andijon viloyati — 9,9 trln so‘m;

Xorazm viloyati — 8,3 trln so‘m;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 7,9 trln so‘m;

Buxoro viloyati — 7,5 trln so‘m;

Surxondaryo viloyati — 6,3 trln so‘m;

Navoiy viloyati — 4,8 trln so‘m;

Jizzax viloyati — 4,3 trln so‘m;

Sirdaryo viloyati — 2,9 trln so‘m.

photo_2026-09-23_15-05-32_p26062