Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–iyul oylarida O‘zbekistonda yirik korxonalar tomonidan 4 trln so‘mlik kompyuterlar, elektron va optik mahsulotlar ishlab chiqarilgan.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 9,1 foizga oshgan.

Hududlar kesimida ishlab chiqarish hajmi quyidagicha:

Toshkent shahri — 1,7 trln so‘m;

Toshkent viloyati — 1,4 trln so‘m;

Qashqadaryo viloyati — 315,4 mlrd so‘m;

Farg‘ona viloyati — 155,9 mlrd so‘m;

Namangan viloyati — 158 mlrd so‘m;

Navoiy viloyati — 143,2 mlrd so‘m;

Jizzax viloyati — 60,5 mlrd so‘m;

Sirdaryo viloyati — 20,2 mlrd so‘m;

Buxoro viloyati — 15,1 mlrd so‘m;

Andijon viloyati — 10,9 mlrd so‘m;

Samarqand viloyati — 13,1 mlrd so‘m;

Surxondaryo viloyati — 2,1 mlrd so‘m;

Xorazm viloyati — 2 mlrd so‘m;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 3,8 mlrd so‘m.

photo_2026-09-23_15-05-49_p55367