Joriy yilning 1- iyun kuni davlatimiz rahbari boshchiligida milliy statistika sohasini takomillashtirish chora-tadbirlari bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishda kadrlar masalasiga alohida to‘xtalib, statistika tizimining barcha mutaxassis kadrlarini o‘qitish, malakasini oshirish yuzasidan topshiriqlar berilgan edi.1selxoz1

Shundan kelib chiqib, Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan belgilangan aniq reja asosida, qo‘mita markaziy apparati va hududiy statistika idoralari xodimlarini tizimli o‘qitish bo‘yicha dastur ishlab chiqilib, tasdiqlandi.

1selxoz1

Mazkur grafik asosida joriy yilning iyun-iyul va noyabr oylarida tizim xodimlarining malakasini oshirish hamda sohaga doir bilim va salohiyatini yanada takomillashtirishga qaratilgan onlayn seminarlar tashkil etilgan edi.

2020- yilning 15- dekabr kuni Davlat statistika qo‘mitasi Qishloq xo`jaligi va ekologiya statistikasi boshqarmasi tomonidan “Qishloq xo`jaligi va ekologiya statistikasini yuritishda xodimlar malakasini oshirish”ga qaratilgan seminar tashkil etilgan navbatdagi videokonferensiya ham tizim xodimlarining salohiyatini oshirishning mantiqiy davomi bo’ldi.

1selxoz1

Videokonferensiyada Davlat statistika qo‘mitasi xodimlari va hududiy statistika boshqarmalari vakillari ishtirok etdi. Tadbirda qishloq xo`jaligi va ekologiya statistikasiga oid atamalar, hisobotlarni qabul qilish usullari bo‘yicha qo’mita mutaxassislari hududiy statistika boshqarmalari xodimlarining bilim va salohiyatini o’rgandi.

1selxoz1

Shuningdek, Qishloq xo`jaligi va ekologiya statistikasi boshqarmasi boshlig‘i G`ulomov Shovkat Abdurahmonovich qishloq xo`jaligi va ekologiya statistikasi ishlarini shakllantirish va takomillashtirish masalalari yuzasidan o’z takliflarini berib o’tdi.

Videokonferensiyada qo‘mitaning Qishloq xo`jaligi va ekologiya statistikasi boshqarmasi va hududiy statistika boshqarmalarining Qishloq xo'jaligi va ekologiya statistikasi bo’limi xodimlari sohadagi mavjud muammo va kamchiliklarni muhokama va tahlil qilgan holda tizimni rivojlantirish bo‘yicha fikr-mulohaza almashdi. Hududiy statistika boshqarmalari xodimlariga qo‘mita mutaxassislari tomonidan amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan taklif va tavsiyalar berildi.

Hududiy statistika boshqarmalari Qishloq xo'jaligi va ekologiya statistikasi bo’limi xodimlarining soha bo‘yicha bergan savollariga qo‘mita vakillari batafsil javob va tushuntirishlar berdi.

 

Axborot xizmati