Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–iyul oylarida O‘zbekistonda ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 802,5 trln so‘mni tashkil etgan.
Bu ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 16,7 foizga oshgan.
Hududlar kesimida xizmatlar hajmining o‘sishi (o‘tgan yilning mos davriga nisbatan):
Sirdaryo viloyati — 18,7 %;
Navoiy viloyati — 18,5 %;
Jizzax viloyati — 17,5 %;
Surxondaryo viloyati — 17,4 %;
Toshkent shahri — 17,4 %;
Andijon viloyati — 17,2 %;
Xorazm viloyati — 17,2 %;
Qashqadaryo viloyati — 16,8 %;
Samarqand viloyati — 16,8 %;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 16,7 %;
Toshkent viloyati — 16,6 %;
Farg‘ona viloyati — 16,6 %;
Buxoro viloyati — 16,5 %;
Namangan viloyati — 16,5 %.

