Joriy yilning 1- dekabr holatiga ko‘ra, respublikamizda xorijiy kapital ishtirokida yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlarning soni 1525 tani tashkil etdi.
Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2020- yilning 1- dekabr holatiga ko‘ra, respublikamizda ro‘yxatdan o‘tgan korxona va tashkilotlar soni 12,1 mingtani tashkil etib, ulardan 11,6 mingtasi faoliyat yuritmoqda. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1391 taga oshgan.
Xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning davlatlar kesimida soni:
Rossiya – 2075 ta;
Xitoy – 1794 ta;
Turkiya – 1544 ta;
Qozog‘iston – 912 ta;
Koreya – 876 ta.
Ma'lumot o‘rnida, yangi tashkil etilgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalarning sohalar bo‘yicha soni:
Savdo – 462 ta;
Sanoat – 422 ta;
Qurilish – 169 ta;
Qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi – 115 ta;
Yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar – 59 ta;
Axborot va aloqa – 51 ta.
Axborot xizmati


