Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–iyun oylarida kichik tadbirkorlik (biznes) subyektlari tomonidan 518,7 trln so‘mlik yalpi qo‘shilgan qiymat yaratilgan.
Bu iqtisodiyotda yaratilgan jami yalpi qo‘shilgan qiymatning 50,5 foizini tashkil etgan.
Kichik biznesda yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat tarkibi:
xizmatlar sohasi — 48,0 %;
qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi — 28,4 %;
sanoat — 11,9 %;
qurilish — 11,7 %.


