Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2026-yilning yanvar–avgust oylarida Oʻzbekistonda yirik korxonalar tomonidan 4,4 trln soʻmlik asosiy farmatsevtika mahsulotlari va preparatlari ishlab chiqarilgan.
Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 24,9 foizga oshgan.
Hududlar kesimida ishlab chiqarish hajmi quyidagicha:
Toshkent shahri — 2,4 trln soʻm;
Sirdaryo viloyati — 913,7 mlrd soʻm;
Toshkent viloyati — 332,5 mlrd soʻm;
Namangan viloyati — 256,5 mlrd soʻm;
Samarqand viloyati — 167,6 mlrd soʻm;
Andijon viloyati — 92,6 mlrd soʻm;
Fargʻona viloyati — 67,7 mlrd soʻm;
Surxondaryo viloyati — 65,2 mlrd soʻm;
Xorazm viloyati — 21,7 mlrd soʻm;
Qashqadaryo viloyati — 20,3 mlrd soʻm;
Buxoro viloyati — 11,2 mlrd soʻm;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi — 4 mlrd soʻm;
Navoiy viloyati — 0,3 mlrd soʻm;
Jizzax viloyati — 0,1 mlrd soʻm.


