Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2026-yilning yanvar–avgust oylarida Oʻzbekistonda koʻrsatilgan bozor xizmatlari hajmi oʻtgan yilning mos davriga nisbatan real hisobda 17 foizga oshgan.
Hududlar kesimida xizmatlar hajmining oʻsish surʼatlari:
Navoiy viloyati — 18,5 foiz;
Toshkent shahri — 18,4 foiz;
Sirdaryo viloyati — 17,7 foiz;
Andijon viloyati — 17,6 foiz;
Jizzax viloyati — 17,6 foiz;
Surxondaryo viloyati — 17,6 foiz;
Xorazm viloyati — 17,6 foiz;
Buxoro viloyati — 17,2 foiz;
Qashqadaryo viloyati — 17,1 foiz;
Samarqand viloyati — 17,1 foiz;
Namangan viloyati — 16,8 foiz;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi — 16,4 foiz;
Fargʻona viloyati — 16,3 foiz;
Toshkent viloyati — 16,3 foiz.

