Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–avgust oylarida jami 24,2 ming nafar O‘zbekiston fuqarolari turistik maqsadlarda Koreya Respublikasiga safar qilgan.
Joriy yilning 8 oyida Koreya Respublikasiga safar qilgan O‘zbekiston fuqarolari safar maqsadlari bo‘yicha quyidagicha:
sayohat — 18 662 nafar;
qarindoshlarni yo‘qlash — 3 601 nafar;
o‘qish — 1 642 nafar;
xizmat yuzasidan — 217 nafar;
davolanish — 113 nafar.


