Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–avgust oylarida O‘zbekistonda savdo xizmatlari hajmi qariyb 214 trln so‘mni tashkil etgan.
Bu ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 16,5 foizga oshgan.
Hududlar kesimida savdo xizmatlari hajmi quyidagicha:
Toshkent shahri — 88,6 trln so‘m;
Toshkent viloyati — 19 trln so‘m;
Farg‘ona viloyati — 15,4 trln so‘m;
Samarqand viloyati — 14,8 trln so‘m;
Namangan viloyati — 11,1 trln so‘m;
Andijon viloyati — 11,8 trln so‘m;
Buxoro viloyati — 10,4 trln so‘m;
Qashqadaryo viloyati — 9,1 trln so‘m;
Surxondaryo viloyati — 8,4 trln so‘m;
Xorazm viloyati — 6 trln so‘m;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 6 trln so‘m;
Jizzax viloyati — 5,1 trln so‘m;
Navoiy viloyati — 5 trln so‘m;
Sirdaryo viloyati — 3,2 trln so‘m.


