Joriy yilning 1- dekabr holatiga ko‘ra, respublikamizda xorijiy kapital ishtirokida yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlarning soni 1 525 tani tashkil etdi.
Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2020- yilning 1- dekabr holatiga ko‘ra, respublikamizda xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning eng ko‘p ulushga ega bo‘lgan hududlar:
Toshkent shahri – 6 819 ta;
Toshkent viloyati – 1 306 ta;
Samarqand viloyati – 577 ta;
Farg‘ona viloyati – 451 ta;
Surxondaryo viloyati – 413 ta.
Xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning eng ko‘p ulushiga ega bo‘lgan davlatlar:
Rossiya – 2 075 ta;
Xitoy – 1 794 ta;
Turkiya – 1 544 ta;
Qozog‘iston – 912 ta;
Koreya – 876 ta;
Hindiston – 291 ta.
Axborot xizmati



