Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–sentabr oylarida jami 10 306 786 nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda O‘zbekistonga tashrif buyurgan.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,7 mln nafarga yoki 20,4 foizga oshgan.
O‘zbekistonga eng ko‘p turistlar kelgan TOP-10 davlat:
Qirg‘iz Respublikasi — 2 844 201 nafar;
Qozog‘iston — 2 404 638 nafar;
Tojikiston — 2 274 288 nafar;
Rossiya — 983 407 nafar;
Afg‘oniston — 380 190 nafar;
Xitoy — 373 778 nafar;
Turkmaniston — 256 546 nafar;
Turkiya — 148 772 nafar;
Hindiston — 53 778 nafar;
Germaniya — 42 973 nafar.


