Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil 1-yanvar holatiga O‘zbekistonda jami 8 912 ta ambulatoriya-poliklinika muassasalari faoliyat yuritmoqda.
Shundan 5 929 tasi kichik tadbirkorlik (biznes) subyektlari hissasiga to‘g‘ri keladi.
Hududlar kesimida ambulatoriya-poliklinika muassasalari soni:
Toshkent shahri — 1 238 ta;
Farg‘ona viloyati — 1 098 ta;
Samarqand viloyati — 860 ta;
Qashqadaryo viloyati — 790 ta;
Buxoro viloyati — 698 ta;
Andijon viloyati — 648 ta;
Toshkent viloyati — 646 ta;
Xorazm viloyati — 592 ta;
Namangan viloyati — 577 ta;
Navoiy viloyati — 426 ta;
Surxondaryo viloyati — 419 ta;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 379 ta;
Jizzax viloyati — 298 ta;
Sirdaryo viloyati — 226 ta.
Ambulatoriya-poliklinika muassasalari — aholiga statsionar sharoitda yotish talab etilmaydigan, kelib-ketish asosida tibbiy xizmat ko‘rsatuvchi davolash-profilaktika muassasalaridir.


