Joriy yilning 1- dekabr holatiga, O‘zbekiston 11 ta xorijiy davlatdan qiymati 4,0 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 23,8 ming tonna mandarin import qilgan. O‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda import ulushi 2,8 mln. AQSh dollariga kamaygan.

mandarin

Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, o‘tgan 11 oy mobaynida O‘zbekiston mandarin mahsulotini eng ko‘p import qilgan davlatlar:

Pokiston – 2,0 mln. AQSh dollariga teng 19,5 ming tonna;

Xitoy – 911,4 ming AQSh dollariga teng 2,2 ming tonna;

Turkiya – 706,6 ming AQSh dollariga teng 1,3 ming tonna;

Misr – 147,5 ming AQSh dollariga teng 214,2 tonna;

Qozog‘iston – 56,9 ming AQSh dollariga teng 156,3 tonna.

Ma'lumot o‘rnida: 2019- yilning 1- dekabr holatiga O‘zbekiston 24,6 ming tonna mandarin import qilgan.

Axborot xizmati