Milliy statistika qömitasi maʼlumotlariga köra, 2026 yil 1-yanvar holatiga Özbekistonda faoliyat yuritayotgan oilaviy nodavlat maktabgaça taʼlim taşkilotlari soni 29 196 tani taşkil etgan.
Bu körsatkiç 2024-yilga nisbatan 467 taga yoki 1,6 foizga oşgan.
Mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan maktabgaça taʼlim taşkilotlarining umumiy soni esa 39 283 tani taşkil etgan.
Hududlar kesimida oilaviy nodavlat maktabgaça taʼlim taşkilotlari soni:
Qaşqadaryo viloyati — 3 750 ta;
Andijon viloyati — 3 489 ta;
Samarqand viloyati — 3 417 ta;
Namangan viloyati — 3 259 ta;
Farğona viloyati — 3 158 ta;
Surxondaryo viloyati — 2 667 ta;
Xorazm viloyati — 1 611 ta;
Toşkent viloyati — 1 608 ta;
Buxoro viloyati — 1 565 ta;
Jizzax viloyati — 1 352 ta;
Qoraqalpoğiston Respublikasi — 1 150 ta;
Navoiy viloyati — 1 146 ta;
Sirdaryo viloyati — 919 ta;
Toşkent şahri — 105 ta.


