Joriy yilning 17- dekabr kuni Islom mamlakatlari uchun statistik, iqtisodiy, ijtimoiy va kadrlar tayyorlash instituti (SESRIC) korxonalarda AKTdan foydalanishni o’rganish bo’yicha seminar tashkillashtirildi.

Tadbirni SESRICning statistika va axborot departamenti direktori doktor Atilla Karaman kirish so’zi bilan ochib berdi.sesrikichi17122020

Davlat statistika qo’mitasi tomonidan onlayn uchrashuvda Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish va interaktiv davlat xizmatlari boshqarmasi boshlig’i Shohruh Odilov, Xizmatlar sohasini rivojlantirish dasturlari indikatorlari va yig`ma tahliliy axborotlarni shakllantirish bo`limi boshlig'i Abdug‘ofir Mirzaxidov, Makroiqtisodiy indikatorlar va milliy hisoblar boshqarmasi Joriy hisoblar bo`limi bosh mutaxassisi Fazliddin Berdiyorov hamda Ishbilarmonlik muhiti kuzatuvlari, tadbirkorlikni rivojlantirish statistikasi boshqarmasi Tadbirkorlik faoliyatining tanlanma kuzatuvlarini tashkil etish bo`limi  bosh mutaxassisi Raximjon Rasulov ishtirok etdi.sesrikichi17122020

Ushbu veb-seminar AKT yordamida korxonalarda kuzatuvlarni olib borish bilan bog’liq tushunchalar va ta’riflar, metodologik asos, tasniflash, qamrov va statistik birliklar, axborot yig’ish, o’lchash va tahlil qilish va tarqatish kabi mavzularni qamrab oldi.sesrikichi17122020

Tadbir davomida ishtirokchilar korxonalarda AKTdan foydalanishni o’rganish bo’yicha o’z tajribalari bilan o’rtoqlashdilar.

Seminar yakunida ishtirokchilar statistik amaliyotning barcha dolzarb masalalari bo’yicha yaqin hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldilar.

Axborot xizmati