O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020- yil  3- avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasining milliy statistika tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4796-son ijrosini ta'minlash borasida Davlat statistika qo‘mitasi boshqa davlatlar statistika idoralari bilan statistika sohasida ilg‘or tajribalarni almashish masalasiga alohida e'tibor qaratmoqda. 

malaziyaichi18122020malaziyaichi18122020

Bunga misol tariqasida Malayziya statistika Departamentini keltirib o‘tish mumkin. Xususan, 2020- yil 16-17- dekabr kunlari videokonferensaloqa orqali Malayziya statistika departamentiga virtual o‘quv tashrifi tashkil etildi. Unda statistik faoliyatni samarali tashkil etish va xalqaro darajada e'tirof etilgan zamonaviy modellarni amaliyotga tadbiq etish bo‘yicha dolzarb mavzular muhokama qilindi. Tadbir O‘zbekiston Respublikasining Malayziyadagi diplomatik vakolatxonasi ko‘magida tashkil etildi.

 Tadbir davomida Malayziya statistika departamentining tajribasi o‘rganildi va quyidagi mavzudagi taqdimotlar o‘tkazildi:

  1. GSBPM va GSIMni amalga oshirishda Malayziyaning tajribasi;

Ma'lumot uchun: GSBPM – statistik ma'lumotlarni ishlab chiqarish jarayonlarining umumiy modeli. Model rasmiy statistikani ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan biznes-jarayonlarni kompleks tavsiflaydi va belgilaydi. Statistik tashkilotlarga statistik ishlab chiqarish jarayonlarini, almashinuv usullari va tarkibiy qismlarini modernizatsiya qilishga yordam beradigan standartlar, asoslar va terminologiyani taqdim yetadi. 2008- yilda BMT yeIK tomonidan yevrostat va IHTT bilan hamkorlikda Yangi Zelandiya tajribasi asosida ishlab chiqilgan. Model takomillashtirilgan va so‘nggi 5-son versiyasi 2019- yil 1 yanvarda kuchga kirgan.malaziyaichi18122020malaziyaichi18122020

GSIM – statistik ma'lumotlarni taqdim etishning umumiy modeli. Nevshatel terminologiyalar modeli asosida ishlab chiqilgan. Maqsad: Statistik klassifikatsiyalarni  va ular o‘rtasidagi aloqalarni anglash/qabul qilish uchun umumiy tilda gaplashishga erishish. Terminlogik va konseptual model hisoblanib, metama'lumotlarni tuzish va statistik klassifikatsiyalarni boshqarishning asoslarini yaratib beradi. 1999- yilda BMT yeIK tomonidan Daniya, Norvegiya, Shvetsiya va Shveytsariya statistika idoralari bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan. Model takomillashtirilgan va 2016- yil 14- dekabrda 2-takomillashtirilgan versiyasi kuchga kirgan.

  1. NQAFni joriy etish;

Ma'lumot uchun: NQAF - Sifatni ta'minlash bo‘yicha milliy qo‘llanma. Qo‘llanma turli xil sharoitlarda va vaziyatlarda sifatni ta'minlaydigan milliy sifat kafolati tizimlarini ishlab chiqish va amalga oshirish uchun zarur ko‘rsatmalarni beradi va shu bilan mamlakatlar statistikasini doimiy o‘zgaruvchan muhitda ishonchli ma'lumot manbai sifatida yaratilishida yordam beradi. Yo‘riqnomaning eng so‘nggi versiyasi 2019- yil mart oyida BMT Statistika komissiyasi tomonidan qabul qilingan (5-sessiya, 50/106 qaror).malaziyaichi18122020malaziyaichi18122020

  1. GSBPM: iqtisodiyot sektori, uy xo‘jaliklari, shuningdek, ishchi kuchi kuzatuvlarida qo‘llash bo‘yicha ajoyib tajriba.

Ma'lumot uchun: Malayziya statistika departamenti vakillari o‘zlarining taqdimotlarida tadbir ishtirokchilarini GSBPM talablarini kuzatuv jarayonlariga, masalan, iqtisodiyot sektori, uy xo‘jaliklari va ishchi kuchi kuzatuvlarida qo‘llash amaliyoti bilan tanishtirdilar. Har bir kuzatuv misolida GSBPM tarkibiy qismlari va subkomponentlariga muvofiqlikning barcha bosqichlari ochib berildi.malaziyaichi18122020malaziyaichi18122020

Tadbir yakunida tomonlar dolzarb mavzularda, xususan, ishlab chiqarish jarayonlarida AKTning ilg‘or imkoniyatlaridan samarali foydalanish, ro‘yxatga olish tadbirlarini samarali tashkil yetish, tarmoq statistikasini takomillashtirish va boshqa yo‘nalishlarda bu kabi tadbirlarni davom ettirishga kelishib oldilar.

Axborot xizmati