Mamlakatimizdan 2020- yilning 11 oyida chet elga 152,7 mln. AQSh dollari qiymatidagi 16 485 dona yengil avtomobil eksport qilingan.
Yengil avtomobil eksporti o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 63,5 mln. AQSh dollariga ya'ni 71,2 % ga oshgan. O‘zbekiston yengil avtomobillari asosan Qozog‘istonga (13 812 dona) eksport qilingan.
O‘zbekiston yengil avtomobil eksport qilgan davlatlar:
Qozog‘iston –131,9 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 13 812 dona;
Ukraina – 8,3 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 1 112 dona;
Ozarbayjon – 6,6 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 800 dona;
Rossiya – 2,2 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 376 dona;
Afg‘oniston – 1,3 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 100 dona;
Tojikiston – 1,3 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 149 dona;
Boshqa davlatlar – 1,2 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 136 dona.
Ma'lumot o‘rnida: 2020- yilning 11 oyida mamlakatimizga 418,6 mln. AQSh dollari qiymatidagi 23 334 dona yengil avtomobil import qilingan.
Axborot xizmati



