18/12/2020

Vazirlar Mahkamasining 2019- yil 24- iyuldagi “2020–2021- yillarda O‘zbekiston Respublikasida multiindikator klaster kuzatuvlarini o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Davlat statistika qo‘mitasi va BMT Bolalar jamg‘armasi (UNICEF) hamda xalqaro ekspertlar bilan yaqin hamkorlikda kuzatuvlarga tayyorgarlik ko‘rish ishlari amalga oshirilmoqda.

mics1181220

 

mics1181220

mics1181220

Kuzatuvlarni o‘tkazish bo‘yicha tayyorlangan savolnomalarni CAPI dasturidan foydalangan holda sinovdan o‘tkazish maqsadida joriy yilning 14- dekabridan 26-dekabriga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent viloyati va Toshkent shahridan tanlab olingan supervayzer va intervyuerlar uchun o‘quv-mashg‘ulotlar tashkil etilmoqda.

Navbatdagi o‘tkazilgan tadbirda O‘zbekiston Respublikаsi Dаvlаt stаtistikа qo‘mitаsi Rаisining ijtimoiy statistika bo’yicha o’rinbosari Ziyadullayev Maxmudjon Djurakulovich ishtirok etib, multiindikator klaster kuzatuvlari (MICS)ni o‘tkazish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar xususida batafsil to‘xtalib o‘tdi.

mics1181220

 

Ta’kidlash lozimki, o‘quv-mashg‘ulotlar yakunida Toshkent shahri Olmazor tumanida, Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida hamda Yangiyo‘l shahrida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xo‘jayli tumani va Nukus tumanidan tanlab olingan mahalla fuqarolar yig‘inlaridagi xonadonlarda savolnomalarni CAPI dasturidan foydalangan holda sinovdan o‘tkazish rejalashtirilgan.

mics1181220

Axborot xizmati

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech