Milliy statistika qömitasi maʼlumotlariga köra, 2026 yilning 1 oktabr holatiga Özbekistonda 32 ta maxsus iqtisodiy zona, 401 ta kiçik sanoat zonasi, 29 ta texnopark, 352 ta klaster hamda 165 ta yoşlar sanoat va tadbirkorlik zonasi faoliyat yuritmoqda.
Ularning tarkibidagi korxonalar soni:
texnoparklarda — 4 957 ta;
kiçik sanoat zonalarida — 3 271 ta;
yoşlar sanoat va tadbirkorlik zonalarida — 1 334 ta;
maxsus iqtisodiy zonalarda — 1 186 ta;
klasterlarda — 386 ta.


