Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, joriy yilning yanvar-noyabr oylari davomida respublikada 198 385,2 mlrd. so‘mlik bozor xizmatlari ko‘rsatilgan. Bozor xizmatlarining nominal hajmi 20 762,0 mlrd. so‘mga oshgan. O‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur'ati 102,2 % ni tashkil etgan.

xizm 

Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi:

Aloqa va axborotlashtirish – 11 663,1 mlrd;

Moliyaviy – 41 140,8 mlrd;

Transport – 48 518,1 mlrd;

shu jumladan: avtotransport – 26 500,6 mlrd;

Yashash va ovqatlanish – 5 347,7  mlrd;

Savdo – 51 611,7 mlrd;

Ko‘chmas mulk bilan bog‘liq – 5 487,4 mlrd;

Ta'lim sohasi – 8 569,6 mlrd;

Sog‘liqni saqlash sohasi – 2 905,0 mlrd;

Ijara – 3 793,4 mlrd;

Kompyuter va maishiy tovarlarni ta'mirlash – 3 099,9 mlrd;

Shaxsiy – 4 525,3 mlrd;

Me'morchilik, izlanishlari, texnik sinovlar va tahlil sohasi– 4 348,7 mlrd;

Boshqalar – 7 374,5 mlrd. so‘mlik bozor xizmatlari ko‘rsatilgan.

 

Axborot xizmati