25/12/2020

Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2020- yilning 11 oyida xorijdan qiymati 58,6 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan  yengil avtomobillar shinasini import qilgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davri bilan solishtirilganda 12,7 mln. AQSh dollariga kam.

O‘zbekistonga yengil avtomobillar shinasi asosan Xitoy davlatidan (39,3 mln. AQSh dollari) olib kirilgan.

shina2512201

O‘tgan 11 oy mobaynida O‘zbekiston yengil avtomobillar shinasini eng ko‘p import qilgan davlatlar:

Xitoy – 39,3 mln.;

Chexiya – 9,4 mln.;

Koreya Respublikasi – 6,4 mln.;

Rossiya Federatsiyasi – 1,7 mln.;

Turkiya – 916,8 ming AQSh dollari.

Ma'lumot o‘rnida: O‘zbekiston xorijdan joriy yilning noyabr oyida 3,6 mln. AQSh dollari qiymatida yengil avtomobillar shinasini import qilgan.

Axborot xizmati

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech