O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020- yil 30- oktabrdagi “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini ta'minlash maqsadida, davlat statistika tizimi xodimlari uchun, muntazam ravishda, yurtimizning mashhur sport ustalari bilan uchrashuvlar tashkil etib kelinmoqda.


1

2020- yil 28- dekabr kuni Davlat statistika qo‘mitasida sportning kikboksing, qo‘l jangi va unifight bo‘yicha ko‘p marotaba jahon, Osiyo, Yevropa va O‘zbekiston chempioni, mamlakatimizning eng mashhur sport ustalaridan biri Murod Xonto‘rayev bilan uchrashuv tashkil etildi.

2

3

Mazkur uchrashuvda Davlat statistika qo‘mitasi raisi o‘rinbosari M. Ziyadullayev, qo‘mita boshqarma va bo‘lim boshliqlari hamda qo‘mitada tashkil etilgan sport musobaqalari g‘oliblari, Ochiq ma'lumotlar faoliyatini monitoring qilish va muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i A. Sultanov hamda Davlat statistika qo‘mitasining “Sport targ‘ibotchisi” S. Inoyatov ishtirok etdi.

4

Uchrashuvda, Davlat statistika qo‘mitasi tizimi xodimlarida jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shug‘ullanish hamda sog‘lom turmush tarzi bo‘yicha hayotiy ko‘nikmalarni shakllantirish orqali kasalliklarga qarshi kuchli immun tizimi paydo bo‘lishini ta'minlash masalasi ta‘kidlandi. Shuningdek, zararli odatlardan voz kechish, to‘g‘ri ovqatlanish tamoyillariga amal qilish, tiklash va reabilitatsiya ishlari hamda ommaviy jismoniy faollik tadbirlarini tizimli va samarali tashkil qilish bo‘yicha taklif va tavsiyalar berildi.

5

Shu bilan birga Davlat statistika qo‘mitasida sport bilan shug‘ullanish uchun tegishli infratuzilma va boshqa zarur shart-sharoitlarni yaratilayotganligi haqida gapirib o‘tildi.

Uchrashuv iliq va do‘stona muhitda bo‘lib o‘tdi.

Axborot xizmati