Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, joriy yilning 11 oyida jami faoliyat yuritayotgan 4 930 ta to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish korxonalari tomonidan 30,3 trln. so‘m qiymatga teng bo‘lgan to‘qimachilik mahsulotlari  ishlab chiqarildi.

O‘tgan yilning mos davriga nisbatan mazkur tarmoqning fizik hajm indeksi 114,4 % ni tashkil etdi.

301220-1 

To‘qimachilik korxonalari tomonidan respublika miqyosida ishlab chiqarilgan mahsulotlarning jami hajmida eng yuqori ulushga ega bo‘lgan hududlar:

 

 Farg‘ona viloyati 14,5 %;

 Toshkent viloyati 10,2 %;

 Samarqand 9,9 %;

 Toshkent shahri 8,8 %.

 

Axborot xizmati