O‘zbekiston 2020- yilning 11 oyida xorijga qiymati 44,2 mln. AQSh dollariga teng 88,9 ming tonna xurmo eksport qilgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davri bilan solishtirilganda 48,9 ming tonnaga yoki 16,4 mln. AQSh dollariga ko‘p.
Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, o‘tgan 11 oy mobaynida O‘zbekiston xurmo eksport qilgan davlatlar:
Qozog‘iston – 51,8 ming tonna;
Rossiya – 29,0 ming tonna;
Qirg‘iz Res. – 2,9 ming tonna;
Turkmaniston – 2,4 ming tonna;
Ukraina –1,8 ming tonna;
Belarus Res. – 0,8 ming tonna.
Ma'lumot o‘rnida: joriy yilning 11 oyida O‘zbekiston 17 ta xorijiy davlatlarga xurmo eksport qilgan.
Axborot xizmati



