05/01/2021

Joriy yilning 5- yanvar kuni 2023- yilda mamlakatimizda o‘tkaziladigan aholini ro‘yxatga olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokamasiga bag‘ishlangan vebinar tashkil etildi.

1perepis

Davlat statistika qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Maxmudjon Ziyadullayev boshchiligida o’tkazilgan mazkur vebinarda Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish boshqarmasi boshlig‘i Qobil Berdiqulov, bo‘lim boshliqlari hamda hududiy statistika boshqarmalari vakillari ishtirok etdi.

1perepis

1perepis

Yig‘ilishda kartografik materiallarning sxematik reja va xaritalarning texnik shartlarga mos ravishda tayyorlanganligini o‘rganish holati, aholi soni ko‘rsatilgan holda aholi punktlarida mavjud xonadonlar ro‘yxati bo‘yicha shakllantirilgan jadvallarning yangilanish holati, xonadon va uylarga raqamlarni o‘rnatilganligi holatlаri va aholini ro‘yxatga olishning mazmun-mohiyatini aholining keng ommasiga tushuntirish bo‘yicha olib borilayotgan targ‘ibot-tashviqot ishlar muhokama etildi.

1perepis

1perepis

Hududiy statistika boshqarmalari xodimlariga aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida nimalarga e’tibor berish lozimligi yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar berildi.

Axborot xizmati

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech