06/01/2021

Joriy yilning 6- yanvardan 12- fevralgacha Osiyo va Tinch okeani mamlakatlari uchun statistika instituti tomonidan “Iqlim o'zgarishi ko'rsatkichlarini tuzish va hisoblash” mavzusida onlayn o‘quv kursi o'tkaziladi.

siap1

siap1

Ushbu o‘quv kursda iqlim o'zgarishi ko'rsatkichlarni tuzish bilan bog'liq masalalar haqida so‘z yuritiladi. Bundan tashqari mazkur kurslar iqlim o'zgarishi ko'rsatkichlari va siyosati, atmosferaga chiqarilayotgan chidindilar hisobi hamda ma'lumotlar manbalari kabi mavzularni ham qamrab oladi. O‘quv kurslari doirasida vebinarlar, mavzular yuzasidan savol-javoblar bo‘lib o‘tadi.

siap1

siap1

O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasi tomonidan Qishloq xo`jaligi ishlab chiqaruvchilar faoliyatini statistik kuzatuvlari bo`limi boshlig'i o'rinbosari Abdujalil Qodirov, Qishloq xo`jaligida tarkibiy o`zgarishlar bo`yicha yig`ma tahliliy axborotlarni shakllantirish bo`limi bosh mutaxassisi Azima G'afurova, Qishloq xo`jaligi ishlab chiqaruvchilar faoliyatini statistik kuzatuvlari bo`limi bosh mutaxassisi Nigora Dehqonova, shuningdek, Energetika, energiyaning qayta tiklanadigan manbalari statistikasi va energosamaradorlik  hisob-kitoblari bo’lim boshlig’i Elyor Babaxanov onlayn tarzda ishtirok etishmoqda.

siap4

siap1

O‘quv kurslari yakunida, kurs davomida taqdim etiladigan va muhokama qilinadigan iqlim o'zgarishi ko'rsatkichlarini tuzishdan manfaatdor mamlakatlarga amaliy yordam ko'rsatish ko’zda tutilgan.

Axborot xizmati

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech